Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: XOTIRA – AZIZ, QADR – MUQADDAS

TERDU: XOTIRA – AZIZ, QADR – MUQADDAS

9 may – Xotira va Qadrlash kuni arafasida Vatanimiz mustaqilligi, tinchligi va osoyishtaligi yo’lida jon fido qilgan, shu yurtning aziz farzandlari xotirasi ham yodga olinmoqda. Xususan, Termiz davlat universiteti jamoasi tomonidan ham xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo’lgan bir qator harbiy xizmatchilar oilasidan xabar olinib, vatanparvar, mard o’g’lonlarni tarbiyalagan ota-onalariga, yaqinlariga minnatdorchilik bildirilmoqda, ularga bayram sovg’alari ulashilmoqda.

Keksa dil bola ko’nglidek – har doim shirin so’z, samimiyat va e’tiborning sadag’asi, deyishadi. Universitet vakillari yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo’lida xizmat qilgan keksalarimizning xonadonlariga ham tashrif buyurishib, bayram bilan qutlashmoqda. Keksalar tilidan tushmayotgan shukronalik, el-yurtga tinchlik-omonlik, elga to’kin-sochinlik tilab qilinayotgan duolardan esa ko’ngillarda yorug’ tuyg’ular uyg’onayotir.

0 1 2 3 4 5 7 8 9.1 9.2 9

2 comments