Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUDA “SPORT HAFTALIGI” QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

TERDUDA “SPORT HAFTALIGI” QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

Termiz davlat universitetida e’lon qilingan “Sport haftaligi” doirasida kuni kecha professor-o’qituvchilar, o’quv yordamchi va ishchi xodimlar o’rtasida voleybol bo’yicha Rektor kubogi musobaqalari o’tkazilganligi haqida avval xabar qilgan edik.

Navbatdagi musobaqa talabalar o’rtasida sportning milliy kurash turi bo’yicha bo’lib o’tdi. Talabalarda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, mazkur sport turi bo’yicha qobiliyatli yosh kurashchilarni aniqlash va saralash, o’z iqtidor va salohiyatini to’laqonli namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida o’tkazilgan mazkur musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan polvon talabalar faol ishtirok etdi.

O’ta murosasiz, qizg’in va halol kechgan kurash musobaqasi mardlik, bag’rikenglik, olijanoblik va halollik timsoli sifatida namoyon bo’ldi. Unda Jismoniy madaniyat, Tarix, Texnika hamda Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetlari vakillari 60, 66, 73, 81, 90, +90 vazn toifalarida peshqadamlikni qo’lga kiritib, universitetning I-II-III darajali diplomlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.0 1 2 3 4.1 4 5 6