Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUDA “UNIVERSIADA-2019” SPORT BAYRAMIGA HOZIRLIK KO’RILMOQDA

TERDUDA “UNIVERSIADA-2019” SPORT BAYRAMIGA HOZIRLIK KO’RILMOQDA

Termiz davlat universitetida o’tkazilayotgan “Sport haftaligi” doirasida shahrimizdagi “Alpomish” o’yingohida yengil atletika bo’yicha Universitet birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. Sportning mazkur turi bo’yicha kuchli sportchi talabalarni aniqlash, saralab olish va ularning mahoratlarini oshirish orqali “Universiada-2019” musobaqalarida universitetning sovrinli o’rinlar uchun raqobatlasha oladigan jamoani shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada barcha fakultetlar talabalari 100 m. va 400 m. masofalarga tez yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash bo’yicha bellashdilar.1 2 3 4 5

Qizg’in bahslarda Jismoniy madaniyat hamda Fizika-matematika fakultetlari talabalari Shahzod Mirzaqulov, Sevara Mamasodiqova, Qurbonoy Arziqulova, Sanjar Noraliyev yuqori ko’rsatgichlarni qo’lga kiritdilar. G’olib va sovrindorlarga universitetning I-II-III darajali diplomlari bilan taqdirlandilar.