Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU TALABALARI YANGI SEMENT ZAVODI QURILISHI BILAN TANISHDILAR

TERDU TALABALARI YANGI SEMENT ZAVODI QURILISHI BILAN TANISHDILAR

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari o’qituvchilari hamrohligida Sherobod tumanida yangi barpo etilayotgan sement zavodi qurilishi bilan yaqindan tanishish maqsadida bu yerga tashrif buyurdilar.

Tumandagi “Vandob” qishloq fuqarolar yig’ini hududida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilayotgan ushbu sement zavodi vohamizda qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ulkan qurilish ishlari Turkiyaning “Dal Teknik Makina Ticaret Ve A.S.” kompaniyasi mutaxassislari hamda mahalliy quruvchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Tashrif davomida mutaxassislar  talabalarga loyiha qiymati 212,8 million dollar bo’lgan ushbu sanoat korxonasida yiliga 1,5 million tonna portlandtsement ishlab chiqarish ko’zda tutilgani, korxona ishga tushgach, bu yerda mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratilishi, mahsulotning asosiy qismi ichki talabni qondirishga yo’naltirilishi haqida so’zlab berdilar.

Kelgusida nafaqat viloyatimiz, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o’rin tutadigan yangi sement zavodiga tashrifdan talabalar boy taassurotlar bilan qaytishdi.

1 2 3 4 5 6 7 8.1 8 9 10.1 10 11