Bosh sahifa / Tadbirlar / BITIRUVCILARNI OLIY TA’LIMGA QAMRAB OLISH BO’YICHA YANGICHA YONDASHUVLAR

BITIRUVCILARNI OLIY TA’LIMGA QAMRAB OLISH BO’YICHA YANGICHA YONDASHUVLAR

Bugungi kunda viloyatimizda 6 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Ularga yangi o’quv yili uchun qabul jarayoni boshlanishiga sanoqli muddat qolgan ayni kunlarda Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyat hokimining o’rinbosari, Termiz davlat universiteti rektori, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiallari direktorlari, shuningdek, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i shaxsan tumanlarda bo’lishib, u yerdagi umumiy o’rta ta’lim maktablari, ixtisoslashgan maktab internatlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari bilan ochiq muloqotlar o’tkazishmoqda.

Xususan, Termiz, Angor, Sherobod, Muzrabot va Qiziriq tumanlarida o’tkazilgan muloqotlar davomida taraqqiyotning yangi bosqichiga mos holda kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, Prezidentimiz ishonchi, e’tibor va e’zoziga munosib tarzda xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayorlash uchun umumiy o’rta hamda kasb-hunar ta’limi tizimida ham ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, bitiruvchilarning oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirish istagini rag’batlantirish uchun viloyat hokimining tashabbusi va topshirig’i asosida 100 nafarga yaqin abituriyentlar uchun TerDUda bepul tayyorlov kurslarini tashkil etish, TerDUning malakali professor-o’qituvchilari tomonidan ularni 2 oy davomida test sinovlariga maqsadli va sifatli tayyorlash, abituriyentlar uchun Talabalar turar joylaridan yotoq ajratish bilan bog’liq vazifalar haqida so’z yuritildi.

Buning uzviy davomi sifatida kecha TerDU rektori A.Toshqulov universitetning barcha 4-kurs talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Unda tumanlarda o’tkazilgan ochiq muloqotlar jarayonida ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bitiruvchilarga yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar berildi. Talablarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

1 2 3 4 5 6