Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU FAN DOKTORLARI SONI YANA BITTAGA ORTDI

TERDU FAN DOKTORLARI SONI YANA BITTAGA ORTDI

Termiz davlat universitetining Kimyo kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Ibragim Umbarov sohaning yetuk bilimdonlaridan biri sifatida hamkasblari orasida obro’-e’tibor qozongan. Talabalar ham uni jonkuyar, fidoyi ustoz deb bilishadi.

Ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish yo’lini tanlagan yosh olim fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgandan keyin ham mavzuga oid izlanishlarini davom ettirdi. Kimyo fanlari doktori, TerDU professori Hayit To’rayevning  ilmiy maslahatchiligida “Erosti sho’r suvlari tarkibidagi yodli birikmalardan yodni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.

Xususan, “Kattaqum-2”, “Uchqizil”, “Kokaydi” va “O’rtabuloq” quduqlari yerosti gidrotermal suvlaridagi yod birikmalari miqdori aniqlandi, ushbu yodli birikmalardan tibbiyot va kimyo sanoati ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yodni ajratib olishning takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqildi, ushbu texnologiya “Jarqo’rg’onneft” AJ, “Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJda amaliyotga joriy etildi. Bu esa mahalliy yerosti sho’r gidrotermal suvlar tarkibidagi yodli birikmalarni yuqori iqtisodiy samaradorlik bilan qayta ishlash asosida import o’rnini bosuvchi yod ishlab chiqarish imkonini berdi.

2018 yil 15 may kuni O’zR FA umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashda Ibragim Umbarov nazariy va amaliy ahamiyatga molik ushbu fan doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shu tariqa, Termiz davlat universitetida fan doktorlari soni yana bittaga ortdi.1 2 3 4