Bosh sahifa / Tadbirlar / REKTORAT XODIMLARI SHAXSIY SIFAT VA QOBILIYATLARI BILAN JAMOAGA O’RNAK BO’LSIN

REKTORAT XODIMLARI SHAXSIY SIFAT VA QOBILIYATLARI BILAN JAMOAGA O’RNAK BO’LSIN

Bugun oliy ta’lim tizimi yangilanishlarning muhim bosqichiga qadam qo’ydi. Bu o’z navbatida Termiz davlat universitetida ham Boshqaruv apparati barcha bo’g’inlarining tashkilotchilik, ijro va nazorat faoliyatini takomillashtirish, rahbarlar va mutaxassislarning ijro intizomini mustahkamlash, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirishni taqazo etadi.

2018 yilning 16 may kuni o’tkazilgan yig’ilishda rektor Abduqodir Toshqulov Boshqaruv apparati xodimlariga qulay ijtimoiy sharoitlar yaratib berilayotgan ayni jarayonda ularning o’z nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalari, ishchanlik va kasbiy fazilatlarini yanada takomillashtirish, xizmatdagi xulq-atvori printsiplari, jamoatchilik oldidagi hisobdorligi, o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, xalq roziligi uchun sidqidildan mehnat qilish bilan bog’liq masalalar haqida so’z yuritdi. Bu to’g’rida mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

SHundan so’ng ezgulikdan so’zlaguvchi va yangi marralarga yo’llaguvchi an’ana -doshqozonlarda osh damlanib, xodimlarga ulashildi. Laganlarga suzilib, dasturxonlarga tortilgan osh dasturxonlargagina emas, kishi ruhiyatiga ham ziynat bag’ishladi,  jamoadagi ahillik, mehr-oqibat tuyg’ularini yanada mustahkamladi.

1245678

2 comments