Bosh sahifa / Tadbirlar / VILOYATDAGI OTM TALABALARI O’RTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI O’TKAZILDI

VILOYATDAGI OTM TALABALARI O’RTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI O’TKAZILDI

2018 yilning 18 may kuni Termiz davlat universiteti o’yingohida TerDU, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetlarining Termiz filiallari, shuningdek, Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi talabalaridan iborat terma jamoalar o’rtasida futbol bo’yicha saralash musobaqalari o’tkazildi.

Talabalarning jismoniy rivojlanishiga ko’maklashish, futbolga qiziqishini oshirish, jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga doimiy jalb qilish va ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqa g’oyatda qiziqarli, keskin kurashlarga boy bo’ldi.

O’yinning 3-turida barcha raqiblarini mag’lub etgan ikki jamoa – Termiz davlat universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali jamoalari maydonga tushdilar. Futbolchilarning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan olqishlanib, hakamlar xulosasi bilan yuqori baholandi.

Unga ko’ra, Termiz davlat universiteti terma jamoasi g’olib deb topilib, joriy yilning iyun oyida Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan musobaqaning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi.1 2 3 4 5