Bosh sahifa / Tadbirlar / TALABALAR ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYASI

TALABALAR ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYASI

Bugun Termiz davlat universitetida “Talabalarning 2017 yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlariga bag’ishlangan 44 – ilmiy-amaliy konferentsiyasi” o’tkazildi. Uning tantanali ochilish marosimida so’zga chiqqan universitet rektori A.Toshqulov ushbu konferentsiya ilm-fanning turli yo’nalishlarida talabalarning 2017 yilda olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targ’ib etish, ularning ilm-fan rivoji yo’lida munosib avlod bo’lishdek ezgu intilishlarini rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash maqsadida qayta tashkil etilgani va endilikda u har yili o’tkazib borilishini ta’kidladi.

Konferentsiya sho’’balar bo’yicha ish olib bordi, ularda magistrant va iqtidorli talabalar davlat ta’lim standarlariga muvofiq o’quv rejasida nazarda tutilgan tegishli fan sohalariga oid turli mavzulardagi ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Sohani yanada rivojlantirish istiqbollari, oldinda turgan dolzarb vazifalar haqidagi fikr-mulohazalari, takliflari bilan o’rtoqlashdilar.

Konferentsiya yakunida an’anaga muvofiq to’kin dasturxon yozilib, ishtirokchilarga osh tortildi. Talabalar to’kin dasturxon atrofida konferentsiya taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar. Anjumanning faol ishtirokchilari har bir sho’’ba bo’yicha alohida rag’batlantirilib, I, II, III-darajali diplomlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Eslatib o’tamiz, konferentsiyada birinchi o’rinni qo’lga kiritgan iqtidorli talabalar uchun Samarqand va Buxoro shaharlari, 2- va 3-o’rinlarga munosib topilganlar uchun esa viloyatimiz bo’ylab sayohat tashkil etish, shuningdek, anjuman natijasi bo’yicha talabalarning ilmiy maqolalari to’plamini nashr etish ko’zda tutilgan.

1 2 3 4 5 6 7 8 9