Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU HAMDA VENGRIYANING SENT ISHTVAN UNIVERSITETI O’RTASIDA HAMKORLIK

TERDU HAMDA VENGRIYANING SENT ISHTVAN UNIVERSITETI O’RTASIDA HAMKORLIK

2018 yilning 13-18 may kunlari viloyatimiz hokimi E.Turdimov boshchiligidagi delegatsiyaning Avstriya, Vengriya va Slovakiya davlatlariga tashrifi davomida yirik kompaniya va sarmoyadorlar bilan o’zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish borasida erishgan kelishuvlarining amaliy natijasi sifatida Surxondaryo viloyatiga kelgan Vengriyaning Peshtin viloyati delegatsiyasi a’zolari kecha Termiz davlat universitetida ham bo’lishdi.

            Peshtin viloyati raisi Sabo Ishtvan boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining universitet professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari bilan uchrashuvi chog’ida TerDU rektori A.Toshqulov Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi sanalgan Sent Ishtvan universiteti bilan o’zaro hamkorlik yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash bo’yicha ilg’or xorij tajribasini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Muloqot jarayonida TerDU talabalarining Vengriyadagi ushbu oliy ta’lim muassasalarida magistratura, tadqiqotchilarning doktorantura dasturlari bo’yicha o’qishlarini tashkil etish, o’qituvchilarning malaka oshirishi, stajirovka o’tashini yo’lga qo’yish, ilmiy ishlar himoyasi va maqolalar chop etilishini rag’batlantirish yuzasidan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari kelishib olindi. Talabalar Vengriya ta’lim tizimi to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Tashrif davomida vengriyalik mehmonlar universitet faoliyati, Axborot-resurs markazida yoshlarning mutolaa madaniyatini rag’batlantirish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

1 2 3 4 5 6.1 6 7 8 9

One comment