Bosh sahifa / Tadbirlar / BOLAJONLAR QALBIDA BIR OLAM QUVONCH

BOLAJONLAR QALBIDA BIR OLAM QUVONCH

Bolalar – umrimiz mazmuni, hayotimiz quvonchi. Ular ertangi kunimiz egalari, ezgu ishlarimiz davomchilaridir. “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Termiz davlat universitetining barcha professor-o’qituvchilari, o’quv-yordamchi va ishchi xodimlari farzandlari uchun katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda so’zga chiqqanlar mamlakatimizda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev rahnamoligida bolajonlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, ularni maktabgacha ta’lim muassasalariga to’laqonli qamrab olish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar ertamiz egalarining  Vatanga, ota-onasiga, yaqinlariga sadoqatli, mehrli bo’lib ulg’ayishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Bolajonlarni baxtli bolalik bayrami bilan qutlab, ularga bayram sovg’alarini topshirishdi.

Tabriklar kuy-qo’shiqlarga ulandi. Bolajonlar musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan ijro etilgan quvnoq kuy-qo’shiqlarga raqsga tushdilar. Qiziqarli attraktsionlar, dorbozlarning chiqishlari, “Kimning chizgan rasmi chiroyli?”, “Kim chiroyli raqsga tushadi?”, “Bilimdon bolalar bahsi” kabi turli sovrinli o’yinlar bolajonlar qalbiga olam-olam quvonch bag’ishladi.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12