Bosh sahifa / Tadbirlar / BUYUK XITOY DEVORI YOKI BUYUK TERMIZIYLAR YURTI, BIR-BIRIGA YAQINLIK NIMADA?

BUYUK XITOY DEVORI YOKI BUYUK TERMIZIYLAR YURTI, BIR-BIRIGA YAQINLIK NIMADA?

Buyuk Xitoy devori, uning qurilish tarixi, bu ko’pchilik uchun tanish bo’lgan tarix. Axir bu devorning dunyodagi yetti mo’jizalar qatoridan o’rin olishi ham o’z-o’zidan emas albatta. O’sha tarix qoldirgan me’moriy va arxeologik manbalar, asoru-atiqalarni ko’z qorachig’iday avaylab asrab yurgan yurt vakillari, olimu-fuzalolari bugun Termiziylar yurti bo’lmish Surxonda mehmon bo’lib turishibdi. 60 dan ortiq Xitoylik va 10 dan ortiq yevropalik olimlarni o’zida jamlagan delegatsiya bugun ya’ni 2018 yilning 5 iyun kuni “O’zbekiston – Xitoy arxeologik guruhining konferentsiyasi”da ishtirok etish maqsadida Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Konferentsiyani universitet rektori A.Toshqulov kirish so’zi bilan ochdi va mehmonlarni Surxon vohasiga tashriflari bilan qizg’in qutladi. Keyingi so’z I.Karimov nomidagi Davlat muzeyi rahbari T.Shirinovga berildi va u konferetsiyada moderatorlik vazifasini bajardi.T.SHirinov so’z navbatini Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat markazi direktorining o’rinbosari Song Sin Chaoga berdi. U O’zbekistonga, jumladan Surxondaryoga tashrifidan bag’oyat xursandligini ta’kidlab O’zbekiston xalqiga Xitoylik yurtdoshlarining qizg’in salomini yetkazdi. Keyingi so’z navbati Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchisi Djang Vey Liga berildi. U o’z so’zida Xitoy va O’zbekiston xalqlari o’rtasida qadimdan hamkorlik, do’stu-birodarlik munosabatlari mavjudligini tarixning o’zi so’zlab berishini ta’kidladi va konferentsiyaning Termizda o’tkazilayotganligi ham o’ziga xos mazmun-mohiyatga ega ekanligini aytib O’zbekistonlik yetuk arxeologik olim A.Asqarovning hamrohlik qilib kelayotganligi alohida tahsinga sazovor ekanligini ta’kidlab o’tdi. Konferentsiya o’z ishini 2018 yilning 7 iyuniga qadar davom ettirishi ko’zda tutilgan.1 2 5 photo_2018-06-05_22-42-05 photo_2018-06-05_22-42-25 photo_2018-06-05_22-42-39 photo_2018-06-05_22-42-34photo_2018-06-05_22-42-45