Bosh sahifa / Tadbirlar / DUNYO TADBIRKORLARI– SURXONDARYODA!

DUNYO TADBIRKORLARI– SURXONDARYODA!

2018 yilning 2-3 iyun kunlari Surxondaryo viloyatining ma’muriy markazi hisoblangan Termiz shahri birinchi bor juda katta tarixiy voqealardan biri “Xalqaro biznes forum”ga mezbonlik qildi.
Mazkur biznes forumga dunyoning turli nuqtalaridan ko’zga ko’ringan yirik tadbirkorlar – kompaniya va firma rahbarlari tashrif buyurishdi. Xalqaro biznes forum doirasida shahardagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining ko’rgazmalari Forum ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 12018 yil 4 iyun kuni Termiz davlat universitetining rahbar-xodimlari 170 dan ortiq talabalar bilan ushbu ko’rgazmaga tashrif buyurdilar. “Tadbirkorlarga yurtboshimiz tomonidan shuncha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotgan bir vaqtda mening shogirdlarimning tadbirkorlik qilish uchun qo’ygan har bir qadamlari bu mening, bizning jamoamizning qilayotgan mehnatimizning zoye ketmayotganligidan dalolatdir”, dedi universitet rektori.photo_2018-06-04_16-36-31 photo_2018-06-04_16-37-18 photo_2018-06-04_16-37-24 Universitet rektori A.Toshqulovning yoshlar bilan o’tkazgan uchrashuvi qaysidir ma’noda Master-klass maqomini oldi desak mubolag’a bo’lmaydi.photo_2018-06-04_16-39-13 photo_2018-06-04_16-39-43photo_2018-06-04_16-39-52

2 comments