Bosh sahifa / Tadbirlar / VILOYATDA TA’LIMGA OID MATBUOT ANJUMANI

VILOYATDA TA’LIMGA OID MATBUOT ANJUMANI

Ma’lumki Ta’lim tarbiya inson qadr-qimmatini uning yetuklik sari olg’a qo’yayotgan har bir qadamini belgilab beruvchi eng yetakchi omillardan biridir. Ammo ta’limni isloh qilishda ma’lum kamchilik va muammolar borligi hech kimga sir emas. Shularni inobatga olib 2018 yilning 5 may kuni Viloyat Kasaba uyushmalari kengashining majlislar zalida “Ta’limga e’tibor-kelajakka poydevor” nomli Matbuot anjumani o’tkazildi.  Matbuot anjumanida Termiz davlat universiteti, Viloyatdagi mavjud Oliy o’quv yurtlari filiallari rahbarlari va professor-o’qituvchilari, Xalq ta’limi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va Viloyatda faoliyat yuritayotgan bir qancha ommaviy axborot vositalari rahbar-xodimlari ishtirok etdilar. Ushbu anjuman bahs, munozara, ochiqlik, fikrlar xilma-xilligi tarzida o’tkazilganligi bois ta’lim jarayonida yo’l qo’yilayotgan xato-kamchiliklar, ta’limni isloh qilishda to’siq bo’lib turgan muammolar ro’y-rost aytildi. Anjumanda Termiz davlat universitetining rahbar-xodimlari va professor-o’qituvchilarining faol ishtirokini alohida ta’kidlash lozim. Anjuman so’ngida ishtirokchilar ta’limni isloh qilishda hamkorlik bilan, bir-tanu bir jon bo’lib xizmat qilish va chora tadbirlar ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar bo’yicha kelishib oldilar.1 2 photo_2018-06-05_13-39-26 photo_2018-06-05_13-39-32 photo_2018-06-05_13-39-37 photo_2018-06-05_13-39-54