Bosh sahifa / Tadbirlar / AKADEMIK LITSEYNING USTOZ-SHOGIRDLARI BILAN KUTILMAGAN UCHRASHUV

AKADEMIK LITSEYNING USTOZ-SHOGIRDLARI BILAN KUTILMAGAN UCHRASHUV

2018 yilning 6 iyunida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov universitet huzuridagi 2-son Akademik litsey o’quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv juda ko’tarinki ruhda o’tdi. Buni zalda yig’ilgan ustozu-shogirdlarning nigohlaridan ham his-hayajonlarini yashira olmayotganliklaridan ham darhol anglab olish mumkin edi.34665469_261019267974528_7904038055814627328_oBuning sababi esa juda oddiy. Ularga kelajak uchun ya’ni o’zlari qiziqqan kasb bo’yicha Oliy o’quv yurtlariga, jumladan Termiz davlat universitetiga o’qishga kirib o’qishlari uchun nimalarga e’tibor qaratishlari zarurligi haqida suhbat o’tkazildi. Ayniqsa professor H.To’rayevning yoshlarga bergan maslahat va o’gitlari barchaning qalbida bir umrga muhrlangandek bo’ldi go’yo.34527407_261019277974527_532343428059496448_oYig’ilgan yoshlar, o’quvchilar universitet rahbariga birin-ketin o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va unga javoban kerakli ma’lumotlarni oldilar. Universitet rahbari Akademik litseyning yigirma yillik tarixida birinchi bor Respublika fan Olimpiadasida litsey o’quvchilarining yuqori o’rinlarni egallashlari tahsinga sazovor ekanligini ta’kidlab, g’olib va sovrindor o’quvchilariga esdalik sovg’alari ulashdi va ularni universitetning iqtidorli talabalari bilan birga Samarqand shahriga sayohatga borishga taklif etdi.34497023_261019447974510_6466974073388793856_o34530402_261019257974529_4297686641658560512_o

One comment