Bosh sahifa / Tadbirlar / UNIVERSITETDA SAN’AT HAFTALIGI

UNIVERSITETDA SAN’AT HAFTALIGI

Bugun Termiz davlat universitetining Musiqa ta’lim yo’nalishi professor-o’qituvchi va talabalari Termiz San’at kolleji o’qituvchi va o’quvchilari bilan hamkorlikda musiqiy uchrashuv o’tkazdilar. Uchrashuvni universitet rektori A.Toshqulov kirish so’zi bilan ochib, viloyatimizda mavjud San’at kollejlarining iqtidorli bitiruvchilari kelajakda universitetning Musiqa yo’nalishlariga o’qishga kirib o’qishlarini davom ettirsalar, biz esa yurtimiz san’at ahli safiga raqobatbardosh, bilimli eng asosiysi iqtidorli kadrlarni yetkazib bersak, oldimizga qo’ygan maqsadimizga erishgan bo’lamiz, degan fikrlarni bildirdi.34599673_260984847977970_1156860620977471488_o Shundan so’ng turli musiqa asboblari jo’rligida bir biridan go’zal kuy qo’shiqlar, barchamizning yuragimizga muhrlanib qolgan “Mahallada duv-duv gap”, “To’ylar muborak”, “Kelinlar qo’zg’oloni” filmlarida jaranglagan sauntreklar, dutorchi qizlar ijrosidagi “Tanovvor”, “Sumbula” kabi kuylar uchrashuvga alohida zeb bag’ishladi.34600337_260984817977973_3933097936031842304_o34645972_260985107977944_397250527458492416_o 34708192_260984827977972_6414148591283077120_o