Bosh sahifa / Tadbirlar / 30-IYUN YOSHLAR KUNI

30-IYUN YOSHLAR KUNI

Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligidir. Ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.
2018 yilning 22 iyun kuni Termiz davlat universitetining katta majlislar zalida 30 iyun Yoshlar kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
Tadbir avvalida yoshlarga universitet rahbariyatining tabrigi o’qib eshittirildi. Shundan so’ng universitetda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning musiqiy chiqishlari yig’ilganlar qalbida yoshlikning quvonchli onlari, talabalikning zavqli damlarini bir umrlik esda qoldiruvchi tuyg’ularni uyg’otdi.1 2 3 4 5 6