Bosh sahifa / Tadbirlar / TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI – YOSHLAR KUNINI NISHONLADI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI – YOSHLAR KUNINI NISHONLADI

30 IYUN – YOSHLAR KUNI. Respublikamizda ilk bor nishonlanayotgan ushbu bayramni Termiz davlat universiteti jamoasi 2018 yilning 29 iyun kuni Termiz shahridagi “Amudaryo bolalarni sog’lomlashtirish markazi”da nishonladilar. Tadbirni universitet rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Hozirgi kunda Respublikamizda talabalarning siyosiy – huquqiy bilimlarini boyitish, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish bo’yicha “Yagonasan, muqaddas Vatan!”, “Soliq bilimdonlari”, “Tafakkur sinovlari”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Baxtiyorlar diyori” respublika ko’rik-tanlovlari, talabalar teatr studiyalari festivallari hamda turli mavzularda ijodiy ishlar tanlovlari o’tkazib kelinmoqda. Shunday tanlovlarda, qolaversa universitet miqyosida o’tkazilgan turli tadbirlardagi faol ishtiroklari uchun bir qator talabalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Shundan so’ng san’atkor talabalar va tadbir mehmonlari ijrosidagi qo’shiqlar bir-biriga ulandi, yig’ilganlar xursandchilikdan bir-birlarini raqslarga chorladilar.

photo_2018-06-30_07-58-10photo_2018-06-30_07-57-26 photo_2018-06-30_07-57-47 photo_2018-06-30_07-57-51 photo_2018-06-30_07-57-55 photo_2018-06-30_07-58-25 photo_2018-06-30_07-58-32