Bosh sahifa / Tadbirlar / TA’LIMDA TA’MAGIRLIKKA O’RIN BO’LMASLIGI KERAK

TA’LIMDA TA’MAGIRLIKKA O’RIN BO’LMASLIGI KERAK

Joriy yilning 12 iyul kuni Termiz davlat universitetida qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korruptsiya va poraxo’rlikning oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda barcha professor-o’qituvchilar, qabul komissiyasi a’zolari, o’quv yordamchi va ishchi xodimlar ishtirok etdi.

Yig’ilishda universitet rektori Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugun vaziyat tubdan o’zgarganligi, qabul jarayonlari nafaqat davlat organlari, balki keng jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda o’tayotgani, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati bo’lsa, o’sha odam o’qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlanganini e’tirof etdi.

Lekin shunga qaramay “o’qishga kiritib qo’yaman, testni hal qilib beraman”, degan va shu orqali mo’may pul ishlab olish ilinjidagi firibgarlar hali-hanuz uchrab turganligi aytilib, huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlangan shunday holatlar aks etgan video lavha namoyish etildi.

Yig’ilishda video lavhada ko’rsatilgan, ne-ne orzular bilan o’qishga topshirgan yoshlar manfaatini hatlab o’tib, harom luqma bilan kun kechirishni o’ziga odat qilgan ayrim nopok kishilarga bu muqaddas dargohda o’rin bo’lmasligi, hujjat qabul qilishdan boshlab, test imtihonlarini o’tkazish jarayonigacha xuddi hozirgidek, haqqoniylik va ochiqlik tamoyiliga qat’iy amal qilish lozimligi, universitetni halol va korruptsiyadan holi hududga aylantirishga barcha birdek mas’ul ekanligi yana bir bor uqtirilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Termiz Davlat Universitetining rasmi.

Termiz Davlat Universitetining rasmi.
Termiz Davlat Universitetining rasmi.
Termiz Davlat Universitetining rasmi.