Bosh sahifa / Tadbirlar / “Xalqaro tinchlik kuni”

“Xalqaro tinchlik kuni”

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Termiz davlat universiteti Axborot resurslar markazida Tarix fakulteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Tinchlik – xalq farovonligining asosidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbir 21 sentyabr – “Xalqaro tinchlik kuni”ga bag’ishlandi. Qayd etish lozimki, bu sana xalqaro jamoatchilik tomonidan keng ko’lamda nishonlanadi. 0102Tadbirda mazkur kafedra professor-o’qituvchilari, ARM xodimlari va   talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ma’ruza qilgan  professor-o’qituvchilar t.f.n. S. Bo’riyev, katta o’qituvchi Sh. Davlatova, o’qituvchilar M. Allanazarov, Z. Yo’ldosheva, M. Xolmirzayeva, S. Eshqurbonovlar  Ona Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, shu farovon, osuda hayotni yanada mustahkamlash, oila, Vatan farovonligi va obodligiga o’z hissamizni qo’shib yashash, har birimiz uchun ham qarz, ham farz ekanligi ta’kidlab o’tdilar.
0304