Bosh sahifa / Tadbirlar / QO‘SHMA FAKULTET OCHISHGA KELISHIB OLINDI

QO‘SHMA FAKULTET OCHISHGA KELISHIB OLINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida qo‘shma fakultetlarni ochish to‘g‘risidagi tashabbusi doirasida Termiz davlat universiteti ham muayyan ishlar olib borilmoqda.

Universitet rektori, senator Abduqodir Toshqulovning Fransiya fanlar akademiyasi akademigi, fransuz ilmiy tadqiqotlar milliy markazining O‘zbekistondagi arxeologik ekspeditsiyasi a’zosi Xulio Bendezu-Sarmiento (Julio Bendezu-Sarmiento) bilan uchrashuvi chog‘ida ushbu mamlakatdagi universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari  bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, qo‘shma fakultet ochish, ulardan o‘quv jarayoniga yuqori malakali olimlar, o‘qituvchi,  mutaxassislarni keng jalb qilish masalalari kelishib olindi.

Shundan so‘ng taniqli arxeolog olimning Tarix fakulteti talabalari uchun Jarqo‘ton yodgorligining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni hamda unda olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar natijalariga bag‘ishlangan ochiq darsi tashkil etildi.

Ochiq darsda talabalar bundan 3.5 ming yil muqaddam hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda vujudga kelgan,  O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar – davlat Jarqo‘ton yodgorligida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar natijasida to‘plangan yangi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

0

1

2

3

4