Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUDA YOSHLAR ITTIFOQI YETAKCHISI SAYLANDI

TERDUDA YOSHLAR ITTIFOQI YETAKCHISI SAYLANDI

Bugungi kun yoshlarimizdan har qachongidanda shijoat bilan ilm egallashni, yurtimizdagi keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga faol munosabat bildirishni, o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishni talab qilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Termiz davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi saylovi avvalida universitet rektori, senator Abduqodir Toshqulov, ittifoqning viloyat kengashi raisi Sherzod Olimov va boshqalar ana shu haqda gapirisharkan, tashkilot faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berishdi.

Shundan so‘ng talabalarga yetakchilik lavozimiga ko‘rsatilgan 4 nafar nomzodning dasturi tanishtirildi. Bu ularga o‘zlari munosib, deb bilgan yetakchini tanlash imkonini berdi.

Kechga qadar davom etgan saylov yakunlariga ko‘ra, 7500 nafardan ortiq saylovchining 40 foiz ovoziga ega bo‘lgan Fizika-matematika fakulteti 3-kurs talabasi Navro‘z Omonov 1 yil muddatga yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi.

– Universitetda hozirda 43 ta bakalavriat va 18 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 11 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti ularning qiziqishi, intilishi va muammolarini atroflicha o‘rganib, hal etish chora-tadbirlarini belgilaydi. Bu ish menga katta mas’uliyat yuklashini yaxshi anglayman va bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman, – deydi N.Omonov

0

1

3

4

5

6

7

8