Bosh sahifa / Tadbirlar / ERTALABKI BADANTARBIYA – SOG’LIK GAROVI

ERTALABKI BADANTARBIYA – SOG’LIK GAROVI

Termiz davlat universitetiga kelgan kishi bu yerda yaratilgan sharoitlardan, tabiatning go‘zalligidan, havoning musaffoligidan yayrab, o‘zida badantarbiya qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun kuch-g‘ayrat sezadi. Shuning uchun ham universitet hududidagi mavjud 4 ta Talabalar turar joyida yashovchi 1200 nafardan ortiq talaba-qizlar kunini bu yerdagi stadionda badantarbiya bilan shug‘ullanishdan boshlaydi. Mashg‘ulotlar Jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchi-murabbiylari tomonidan olib boriladi.

Bu mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi g‘oyalari tobora ommalashib borayotgani, sport chin ma’noda umummilliy harakatga aylanayotganining tasdig‘idir.

– Biz yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, shu bilan birga sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qiladigan, jismonan sog‘lom, ruhan tetik insonlar bo‘lib shakllanishni maqsad qilganmiz, – deydi Pedagogika fakulteti 1 kurs talabasi Maftuna Ziyoqulova. – Ertalabki badantarbiya mashqlari esa tanimizning sog‘lom, ruhimizning tetik, fikrimizning tiniq bo‘lishi uchun puxta zamin yaratadi.

1

2

3

4