Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUDA DO‘STLIK FORUMI DOIRASIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

TERDUDA DO‘STLIK FORUMI DOIRASIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

Azaldan qardosh bo‘lgan, dili va dini bir o‘zbek, qozoq, tojik, qirg‘iz, afg‘on yoshlarini Termiz shahrida jam qilgan do‘stlik forumi qatnashchilari kecha Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Bu yerda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda ishtirokchilar turli mavzulardagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari, ilg‘or taklif va tashabbuslari yuzasidan taqdimot qildi.

Xususan, Qozog‘iston delegatsiyasi vakili Marjan Baxyt “Diplom bilan qishloqqa” loyihasi hamda “Nurvatan” partiyasi “Yoshlar” qanotining kutubxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish va rivojlantirish borasidagi tashabbusi haqida ma’ruza o‘qigan bo‘lsa, Qirg‘iziston vakili qardosh davlatning yoshlar siyosatiga oid olib borayotgan ishlari haqida so‘zlab berdi.

Afg‘onistonlik Saodatzoda Saidjamoliddin o‘z ma’ruzasida muammolarni hal etishda ko‘ngilli yoshlarni jalb etish mexanizmlari, O‘zbekiston milliy universiteti talabasi Nodir Xurramov esa Orol dengizi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik muammoni bartaraf etish yuzasidan o‘zining yangicha yondashuvlarini bayon etdi.

Darhaqiqiat, global muammolar, yoshlar ongu tafakkurini zaharlashga qaratilgan tahdidlarga qarshi kurashish, intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash masalalarini yoshlarning ishtirokisiz, ularning birdamligi, hamjihatligisiz, ilg‘or taklif va tashabbuslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Markaziy Osiyo yoshlarining do‘stlik forumi ham kelajak avlodni ana shunday yagona maqsad, ezgu g‘oyalar asosida birlashtirib, turli yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.

Forum 15 oktabrga qadar davom etadi.

1

2

3

4

5

6