Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUNING QUVNOQ VA ZUKKO TALABALARI G‘OLIBLAR SAFIDA

TERDUNING QUVNOQ VA ZUKKO TALABALARI G‘OLIBLAR SAFIDA

Toshkent shahrida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining chorak final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy saralash bellashuvlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari” jamoasi ishtirok etdi.

Bellashuvda “Surxon yoshlari” Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yosh dizayn”, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining “Maroqand”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin” hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialining “Irrigator” jamoalari bilan birgalikda turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini namoyish etdi.

Zavqli syujet va ko‘rinishlarga boy bo‘lgan bellashuv yakunida hakamlar hay’ati qaroriga asosan 1-o‘rinni “Irrigator” , 2-o‘rinni “Yosh dizayn”, 3-o‘rinni “Surxon yoshlari” jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

1

2

3

4