Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU HAMDA SOCHI DAVLAT UNIVERSITETI O‘RTASIDA BITIM IMZOLANDI

TERDU HAMDA SOCHI DAVLAT UNIVERSITETI O‘RTASIDA BITIM IMZOLANDI

O‘zbekiston va Rossiyaning qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan ilk marotaba o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi bugun o‘z ishini davom ettirmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tayotgan forumning kecha o‘tkazilgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov hamda Rossiya rektorlar uyushmasi prezidenti, Lomonosov nomidagi Rossiya davlat universiteti rektori Viktor Antonovich Sadovnichiylar ochib berishdi.

Forumning keyingi qismida esa, ikki davlat OTMlari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda muhokama qilish maqsadida alohida sho‘balarga bo‘linishdi.

Muloqot jarayonida qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Jumladan, Termiz davlat universiteti hamda Rossiyaning Sochi davlat universiteti o‘rtasida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

0

1

2

3

4

5

9