Bosh sahifa / Tadbirlar / «Innovatsiya» ilmiy seminari bo’lib o’tdi.

«Innovatsiya» ilmiy seminari bo’lib o’tdi.

2018 yil 18 oktyabr kuni Termiz davlat universiteti tarix fakulteti “Fuqarolik jamiyati” kafedrasida «Innovatsiya» ilmiy seminari bo’lib o’tdi. Mazkur seminarda kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Kafedra dotsenti, ilmiy seminar rahbari H. Rasulov “Ilmiy  tadqiqot: muammo, tahlil, metod va metodologiya” mavzusida ma’ruza qilib, ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy asosda tadqiq etish, nazariy g’oyalarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish, har qachongidanda muhim ahamiyat kasb etib borayotganligini ta’kidlab o’tdi.1 2 3

Shuningdek, ilmiy seminarda ilmiytadqiqot faoliyati insonga o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholashga amaliy yordam berishi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo’lishni istasa, o’zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi lozimligi aytib o’tildi. Ilmiy seminar yakunida professor-o’qituvchilar ma’ruzachiga mavzu yuzasidan o’zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularga tegishli javoblar olishdi.