Bosh sahifa / Tadbirlar / Yosh targ’ibotchilar

Yosh targ’ibotchilar

2018 yil 17-oktyabr kuni soat 17-00 da tarix fakulteti “Fuqarolik jamiyati” kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan «Yosh targ’ibotchilar» to’garagining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. To’garakda “Oila” markazi hududiy tuman mutaxassislari Uzun tumanidan M.O’roqova, Jarqo’rg’on tumanidan J.Ibodullayeva, Denov tumanidan N.Safarova, K.Xidirova, Oltinsoy tumanidan G.Ibragimova va D.Xoliyevalar, shuningdek,  tarix fakulteti dekani f.f.n.R.Norliyev, fakultet professor-o’qituvchilari va universitet talabalari ishtirok etishdi.

Fakultet dekani dots.R.Norliyev va kafedra mudiri dots.N.Yangiboyevlar so’zga chiqib, to’garak faoliyati talabalarning jamiyatimiz hayotining barcha jarayonlarida ongli va faol ishtirok etishi uchun  malaka va ko’nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tishdi.

Kun tartibiga kiritilgan “Oila va nikoh munosabatlarning huquqiy asoslari” mavzusi yuzasidan Arxitektura va qurilish fakulteti 3-kurs talabasi A.To’raqulov slayd taqdimoti asosida ma’lumot berdi.

Mavzuga oid videolavha taqdim etildi.

“Oila” markazi mutaxassislari ham so’zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

To’garak faoliyatining yakunida talabalar fikr-mulohazalari tinglandi  hamda ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.03 04 05