Bosh sahifa / Tadbirlar / O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANIGA BUGUN 29 YIL TO‘LDI

O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANIGA BUGUN 29 YIL TO‘LDI

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan viloyatimizda ham turli adabiy kechalar, davra suhbatlari, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida talabalarning ongu shuuriga milliy istiqlol g‘oyasi va umumbashariy qadriyatlarga, shu jumladan, ona tiliga mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo bag‘rikenglik kabi yuksak tuyg‘ularni singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Termiz shahridagi A.Navoiy xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbirida ham viloyat hokimligi, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar jam bo‘ldilar. So‘zga chiqqanlar til bor ekan millat barhayot, til bor ekan yurtning istiqboli nurli va charog‘on bo‘lishini ta’kidlashdi. O‘zbek tilining tarixi, uning rivoji hamda milliy adabiyotimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda Termiz davlat universiteti talabalari ona tilimizning jozibadorligini tarannum etuvchi  eng sara she’rlar, g‘azallardan namunalar o‘qishdi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari badiiy sahna ko‘rinishlari orqali so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy siymosini gavdalantirishdi. Mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydilar.

1

2

3

4

5

6

7

8