Bosh sahifa / Tadbirlar / MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK G‘OYALARINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK G‘OYALARINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI

Termiz davlat universitetida “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, Termiz shahar Adliya bo‘limi vakillari, professor-o‘qituvchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritildi.

Talaba-yoshlarni norasmiy diniy oqimlar ta’siridan saqlash, ularni turli oqimlarga kirib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda internet orqali tarqalayotgan har xil buzg‘unchi g‘oyalar, reklamalarning ta’siri xususida gap bordi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

1

2

3

4

5

6

7