Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: ISTE’DOD VA MAHORAT NAMOYISHI

TERDU: ISTE’DOD VA MAHORAT NAMOYISHI

Termiz davlat universitetining musiqiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni o‘z taqdirini san’at bilan bog‘lagan yigit-qizlar jamoasi, deb atash mumkin. Universitet rahbariyati tomonidan bu yoshlarning musiqaga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, ijodini kamolotga yetkazish, o‘z iste’dod va mahoratini to‘la namoyon etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinadi.

Oliygoh faollar zalida tashkil etilgan Pedagogika fakulteti musiqiy ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalarining “Mahorat konserti” namoyishi ham ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy namunasidir. Konsert dasturida talaba-yoshlar tomonidan musiqa san’atining qator yo‘nalishlari bo‘yicha durdona asarlar ijro etildi hamda bu asarlarning yaratilish tarixi, mazmun mohiyati, ijro etish usullari haqida  tomoshabinlarga tushinchalar berildi.

Yosh iste’dodlar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan bu kuy-qo‘shiqlar ularning ustozlari, ota-onalari va tengdoshlariga juda manzur bo‘ldi.

1

2

3

4

5

6