Bosh sahifa / Tadbirlar / QUVNOQ VA ZUKKO TALABALAR SAFI KENGAYMOQDA

QUVNOQ VA ZUKKO TALABALAR SAFI KENGAYMOQDA

Termiz davlat universitetining zukko, quvnoq, topqir talabalaridan iborat  “Surxon yoshlari” terma jamoasi mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va Zukkolar” Respublika tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotganini yaxshi bilasiz.

Aka-opalaridagi yoshlikka xos jo‘shqinlik, quvlik hamda quvnoqlikka havasi uyg‘ongan Fizika-matematika fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida bugun universitetda o‘tkazilgan xuddi shunday bellashuv zavqli syujet va ko‘rinishlarga boy bo‘ldi.

Unda 105, 107 va 108-guruh talabalari turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazishdi. Kulgu, hazil, so‘z o‘yini orqali vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini, jamiyat hayotidagi ayrim salbiy illatlarga nisbatan murosasiz ekanliklarini namoyon etishdi.

1

2

3

4

5