Bosh sahifa / Tadbirlar / SPORT VA SOG‘LOM YOSHLAR – SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI

SPORT VA SOG‘LOM YOSHLAR – SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI

Termiz davlat universitetida yoshlarning zamonaviy ta’lim olish, jismoniy chiniqishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga, darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish uchun turli sport musobaqalari muntazam tashkil etilmoqda.

Ana shunday musobaqalardan biri Pedagogika fakultetining Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi 1- kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda ishtirokchilardan har bir shartni to‘g‘ri va aniq bajarishlari talab etildi. Bunda ularning qanchalik epchil va chaqqonliklari e’tiborga olindi.

Quvonarlisi, bellashuvlarda talabalar bir-biridan qolishmaslikka harakat qilishdi, har biri g‘alabaga bo‘lgan ishonchi, irodasi va intiluvchanligini ko‘rsatdi. Bu ayniqsa, arqon tortish, qopda yugurish bahslarida yaqqol ko‘zga tashlandi. G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

1

2

3

4

5

6