Bosh sahifa / Tadbirlar / JANUBIY KOREYANING “KOICA” TASHKILOTI BILAN TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O’RTASIDAGI HAMKORLIKDAN QANDAY NATIJA KUTILMOQDA?

JANUBIY KOREYANING “KOICA” TASHKILOTI BILAN TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O’RTASIDAGI HAMKORLIKDAN QANDAY NATIJA KUTILMOQDA?

Yurtimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi Termiz davlat universitetida ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 2018 yil 5 dekabr kuni  Janubiy Koreyaning KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tashkiloti O’zbekistondagi ofisining bosh vakili Song Il Son va yordamchi menedjeri Shomirzayev Anvarjon Burxonovichlar Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida KOICA vakillari Termiz davlat universitetining Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqishdi. So’ngra universitet rahbariyati, Xorijiy filologiya va Maktabgacha ta’lim metodikasi fakultetlari kafedra mudirlari va talabalari bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Tashrif so’ngida Termiz davlat universiteti va KOICA o’rtasida kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida kelishib olindi.

🔷KUTILAYOTGAN NATIJA:

– Uzoq muddatli (6 oy, 1 yil yoki undan ko’p vaqtga mo’ljallangan) Koreys tili va Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha Koreyalik mutaxassislarning jalb etilishi kutilmoqda.

photo_2018-12-05_18-56-35 photo_2018-12-05_18-56-51 photo_2018-12-05_18-56-53 photo_2018-12-05_18-56-56 photo_2018-12-05_18-57-00 photo_2018-12-05_18-57-05 photo_2018-12-05_18-57-08 photo_2018-12-05_18-57-10 photo_2018-12-05_18-57-12 photo_2018-12-05_18-57-20 photo_2018-12-05_18-57-26 photo_2018-12-05_18-57-30