Bosh sahifa / Tadbirlar / MEHRDAN YARALGAN ASLI BU DUNYO

MEHRDAN YARALGAN ASLI BU DUNYO

Keyingi yillarda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush darajasini yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini shakllantirishga ko‘maklashish tizimi takomillashtirildi.

Birgina, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibining joriy etilishi ular uchun ezgu orzulari va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish imkonini yaratdi.

 Termiz davlat universitetida ham jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar hamisha e’zozu e’tiborda, o‘qituvchilaru talabalar ularga nisbatan doimo mehr-muruvvatli, qo‘lidan kelgan yordamlarini ayashmaydi. Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ana shu jihatlar yana bir karra yorqin namoyon bo‘ldi.

 Unda so‘zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan  doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ularga sog‘lom tengdoshlari singari o‘qish, dam olish, o‘z sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratayotganligini mamnuniyat bilan izhor etdilar. O‘z she’rlari, dilbar kuy-qo‘shiqlari orqali garchi alohida e’tiborga muhtoj bo‘lishsa-da, hayotning yorqin tomonidan zavq olib, uning to‘laqonligini his qilib yashayotganliklarini namoyish qildilar. Ushbu iste’dod egalariga universitetning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 1

2

3

4

5

6

7