Bosh sahifa / Tadbirlar / Termiz davlat universitetiga Xelena Freyzer xonim tashrif buyurdi.

Termiz davlat universitetiga Xelena Freyzer xonim tashrif buyurdi.

2018 yilning 5 dekаbr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xelena Freyzer xonim Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi. Xelena Freyzer xonim tashrifi davomida universitetda professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida universitetning Axborot Resurs markazi, o’quv auditoriyalari va laboratoriya xonalarida bo’lib  talaba-yoshlar bilan suhbatda bo’ldi. Shundan so’ng BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo’yicha hayotga tatbiq etilayotgan  loyihalar va bu borada erishilgan yutuqlarni muhokoma qilish maqsadida  “Taraqqiyot strategiyasi” markazi,  BMT  taraqqiyot  dasturining O’zbekistondagi  vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda Xelena Freyzer xonim o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi hamda  seminar so’ngida faol ishtiroklari  uchun bir guruh professor-o’qituvchi va talaba-yoshlarga esdalik sovg’alarini ulashdi.

1 2 3 4 5 6 7 8 9