Bosh sahifa / Tadbirlar / 2-Talabalar turar joyida “Baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

2-Talabalar turar joyida “Baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg’usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma olti yillik sanasini keng nishonlash maqsadida 2018 yil 5 dekabr kuni Termiz davlat universiteti 2-Talabalar turar joyida “Baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unda universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Navro’z Omonov, “Fuqarolik jamiyati” kafedrasi o’qituvchilari G.Xudoyberdiyeva, M.Xolmirzayeva va talaba qizlar  ishtirok etdilar.01Mamlakatimiz Konstitutsiyasining bosh qomusimiz sifatida davlat va jamiyat boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotni isloh qilish, umuman har jabhadagi o’zgarishlar, islohotlardagi o’rni haqida so’z yuritildi. Shuningdek, Konstitutsiya savodxonligi bo’yicha  talaba qizlar o’rtasida bellashuv bo’lib o’tdi va ishtirokchilariga universitet Ma’muriyati tomonidan diplom va tashakkurnomalar topshirildi.02 03 04