Bosh sahifa / Tadbirlar / Ilmiy hamkorlik – taraqqiyot mezoni

Ilmiy hamkorlik – taraqqiyot mezoni

Termiz davlat universitetida “ Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti va Termiz davlat universiteti: Xorijiy va milliy mobillik bo’yicha hamkorlik, innovatsion g’oyalar asosidagi qo’shma grant loyihalarida ishtirok etishni jadallashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

Seminarni Termiz davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori  A.Sattorov  kirish so’zi bilan ochdi. Tadbirda  Samarqand  davlat arxitektura qurilish instituti va Termiz davlat universiteti o’rtasida hamkorlik qilish va qo’shma grant loyihalarida ishtirok etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.photo_2018-12-06_15-46-01           Tadbir davomida SamDAQI vakillari texnika fanlari nomzodi, dotsent Abror Niyazovich Gadoyev va texnika fanlari nomzodi, dotsent Qodir Qahhorovich Atabayev so’zga chiqib,  Arxitektura va qurilish yo’nalishidagi maxsus fanlarni o’qitishda talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi dasturi asosida samaradorlikni oshirish to’g’risida o’z taklif va xulosalarini bildirdilar.photo_2018-12-06_15-46-02 (2)

          Tadbir so’ngida ishtirokchilar savol-javob va muzokaralarda qatnashib, amaliy takliflarini berishdi.