Bosh sahifa / Tadbirlar / “KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI”

“KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI”

“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma olti yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida ham qator tadbirlar tashkil etilmoqda, xususan, 2018 yil 6 dekabr kuni  Fizika-matematika fakul’teti faollar zalida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unda universitet professor-o’qituvchilari va magistratura bo’limi talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni Termiz davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori A.Sattarov kirish so’z bilan ochib berdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlardan “Fuqarolik jamiyati” katta o’qituvchilari Sh.Davlatova, A.Xo’janazarov, O.Nazarov va o’qituvchi Sh.Allamuratovlar o’z nutqlarida Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligini, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilganligi, inson manfaatlarining davlat manfaatlaridan ustunligi, siyosiy plyuralizm printsipining mustahkamlab qo’yganligi, xalq hokimiyat manbai deb e’tirof etganligi haqida so’z yuritilib, uning huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi roli haqida ta’kidlab o’tdilar.

Tadbirdan yetarlicha ma’naviy ozuqa olgan talabalar o’z haq-huquqlari haqida ma’lumotga ega bo’lib, konstitutsiyaning o’z hayotlarida tutgan o’rni, uning baxtimiz qomusi ekanligiga yana bir bor amin bo’ldilar.

1 2