Bosh sahifa / Iste’dodli yoshlar – yurt kelajagi / Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!

Hozirgi  kunda  yer  yuzida  mavjud  davlatlarning  deyarli  barchasida  o‘zlarining  erkin  siyosati,  tili,  davlat  ramzlariga  ega.  Biroq,  ularning  hammasi  ham  o‘z  konstitutsiyasiga  ega  emaslar.  Ularda  konstitutsiya  o‘rnini  boshqa  me’yoriy-huquqiy hujjatlar  mavjud  bo‘lishi mumkinki,  konstitutsiya  deb  atalmish  qat’iy  belgilab  qo‘yilgan  qonun-qoidalar  majmuasiga  ega  emas. O‘zining  milliy  ramzlari  qatorida  tilga  olinadigan  konstitutsiyaga  bizning  davlatimiz  ham  ega  ekanligi  kishini  quvontiradi.

         Universitetimizda magistratura  bo‘limida  o‘tkazilgan  “ Konstitutsiya- baxtimiz  qomusi! “ nomli  tadbir  xuddi  mana  shu  mavzuga  bag’ishlandi.01

Barchamizga  ayonki,  8-dekabr  sanasini  har  yili  ko‘tarinki  kayfiyatda  o‘tkazish  odat tusiga  aylangan.  Chunki, aynan  ushbu  sanada  mustaqil   O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi qabul  qilingan. 1992-yildan  beri  bu  kun  Respublikamiz  siyosiy  hayotida  muhim  o‘rin  tutgan  kun  sifatida  qaralib  kelinadi.

Shu o‘rinda  tarixga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  O‘zbekiston  Respublikasi  yangi  Konstitusiyasini yaratish  haqidagi  ilk  g’oya  Respublikamizning   1990-yil  mart  oyida  bo‘lib o‘tgan  XII chaqiriq  Oliy  Kengashning I sessiyasidayoq  aytilgan  edi.  Oliy  Kengashning  1990-yil  20-iyunda  e’lon  qilingan  “Mustaqillik  Deklaratsiyasi” davlatimiz  yangi  konstitutsiyasini  ishlab  chiqishga  asos  bo‘ldi.  64  kishidan  iborat  Konstitutsiyaviy  komissiya  tuzildi. Shunday  qilib, konstitutsiya  loyihasining  birinchi  nusxasi  1991-yilning  III choragida  tayyorlandi.  Konstitutsiya  muqaddima,  6  bo‘lim,  158  moddadan  iborat  bo‘ldi.  Mukammallik  darajasidan  anchayin  uzoq  bo‘lgan  bu  konstitutsiya  mustaqillikka  erishilganidan  so‘ng  qayta  ko‘rilib,  1992-yil  bahorda  uning  149 moddano o‘z  ichiga  olgan  ikkinchi  nusxasi  ham  tayyor  bo‘ldi.  Bir qancha  muhokamalardan  keyin  konstitusiyaning  uchinchi  nusxasi  ham  ishlab  chiqildi.  Shu  yili  konstitutsiya  xalq  muhokamasi  uchun  bir  necha bor  matbuotda  e’lon  qilingan.  Taklif-tavsiyalar,  xatlar  ko‘rib  chiqilib,  konstitutsiyaning  mukammal  varinati  ishlab  chiqildi.

         Hozirgi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini  o‘rganishga  katta  e’tibor  berilmoqda. Dasturga  binoan,  ta’lim tizimiga  kiruvchi  muassasalarda  bu  yo‘nalishda  yaxshigina  tajriba  ham to‘plandi.  Ushbu  tadbirda  bu  masala  yuzasidan  tashrif  buyurgan  ustozlarimiz  muhim  fikr  va  mulohazalarini bildirishdi.  Konstitutsiyaning  ayrim  moddalari  takrorlanib,  ularning  mazmun-mohiyati  tadbirda  ishtirok  etgan  yoshlar ongiga  singdirildi.  Bayram  oldi fikrlardan  so‘ng  iqtidorli  magistrantlar  ishtirokida  konstitutsiyamiz  moddalariga  berilgan  sharhlar, hayotiy  misollar  orqali namoyish  etildi. Madhiyamizning  jonbaxsh ohanglari bilan  boshlangan  tadbir,  vatanni  madh  etuvchi  kuy-qo‘shiqlar  jo‘rligida  yakuniga  yetdi.  Tadbirdan  yetarlicha  ma’naviy  ozuqa  olgan  yoshlar  o‘z  haq-huquqlari  haqida  ma’lumotga  ega  bo‘lishdi, hamda  konstitutsiyamizning  o‘z  hayotimizda  tutgan o‘rni, uning  baxtimiz  qomusi  ekanligiga  yana  bir  bor  amin  bo‘lishdi.02

Navro‘za  Salohiddinova  Murodullayevna

5A111701-Ta’lim  tarbiya  nazariyasi  va metodikasi

(Boshlang‘ich  ta’lim)  I bosqich  magistranti