Bosh sahifa / AHOLI VA MILLIY BAYRAMLAR

AHOLI VA MILLIY BAYRAMLAR

O‘ZBEKISTON AHOLISI

O‘zbekiston Respublikasi aholisi aholisi 31575,3 ming kishi (2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra), shundan shahar aholisi 51% ni tashkil etadi. Aholining o‘rtacha zichligi 1 kv.km. ga 65.8 kishini tashkil qiladi. Aholi soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasi Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Aholining aksar qismi – qariyb 80% o‘zbeklar. O‘zbekiston ko‘p millatli respublika bo‘lib, unda 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi.

MILLIY BAYRAMLAR

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni21

O’zbekiston Askari
Qadamingdan o’t chaqnar
liboslaring yarashar,
Ko’rganlar xavas qilar
O’zbekiston Askari!

Sen o’z o’rning sardori
Ximoyangda yosh-askari
Sergak turgin, charchama,
O’zbekiston Askari!

Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning
O’zbekiston Askari!

Ardoqlagin Vatanni
Bag’ishlab jonu tanni
Yo’latmagin dushmanni
O’zbekiston Askari!

Ozod yurtim bor, deb ayt
Yuzing yorug’ bo’lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt
O’zbekiston Askari!

Mustaqil O‘zbekistonda ushbu bayram o‘z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag‘ishlangan. 1992-yil 14-yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o‘quv yurtlari va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiya qaramog‘iga o‘tishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi.1993-yilda 29-dekabrda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniZulfiya-2014-680x451

Bu olamning go’zalligi sizda namoyon,
Qalbingizga muhabbat aylamish oshiyon.
Siz borsiz turmushimiz nurli,charog’on,
Baxtimizga qiz-ayollar bo’lingiz omon.

O‘zbekistonda ushbu bayram sevgi, mehrbonlik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlanadi, shuningdek, “onalar kuni” sifatida ham taniqlidir. 8-mart O‘zbekistonda dam olish kuni deb belgilangan.

21-mart – Navro‘z99

Har bir kuni Navro’z bo’lsin O’zbegimning,

Xirmonlari donga to’lsin O’zbegimning,

Rizqi butun, baxti kulsin O’zbegimning,

O’zbegimning O’zbekligin sog’inganman!

Elim kutar, bahoroyu, Navro’zini,

Niyat qilar bersin deb xalq rizq-ro’zini,

Dilga yetkaz ajdodlarning xaq so’zini,

Navro‘z qadimiy milliy bayrami (fors tilidan tarjima qilindanda “yangi kun” ma’nosini anglatadi) 21-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko‘pgina O‘zbek oilalar sumalak, halim, ko‘k somsa, osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo‘lgan ko‘plab vitaminlarga boydir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro‘z bayramini nishonlash o‘ziga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro‘z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.

 9-may – Xotira va qadrlash kuniH8DD5313996507376602_b

Xar kungilga mexr ulashar,
Xotira va kadrlash kuni.
Yaxshi inson abadiy yashar,
Eli, yurti unutmas uni.

Utganlarning ruxin shod etib,
Yaxshilarni dildan xotirlang.
Ulug’larni ziyorat etib
Duosini oling, kadrlang!

Ota-ona, dustu birodar,
Ustun bulmas, mexmondir, mexmon.
Umr shamdek yonaru uchar,
G’animatdir umring ey, inson!

1999-yili 9-may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9-may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma’noga ega bo‘lib, u mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramona, o‘lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq xotirasi va insonni qadralash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumxalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko‘rsatiladi.

1-sentabr – Mustaqillik kunim1

jannatning o’zidir sening makoning
sen uchun jonini berar o’gloning
doim musaffodir tinchdir osmoning
quchog’ingda sherdek yashayman vatan

har bir bosgan izing tarixda qolar
mening bor bisotim
faqat o’zingsan
butun dunyo bizga lol bo’lib qolar
quchog’ingda sherdek yashayman vatan

bir qadam bag’ringdan yiroq ketmayman
sendan ketgan kunim gado bo’lgayman
tuprog’ing ko’zimga surtib yashayman
quchog’ingda sherdek yashayman vatan

O‘zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1-sentabr kuni tantanali ravishda nishonlanadi. Milliy bayram do‘stlik, hayriya va har tomonlama hurmatga tayangan o‘zbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir.

O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millati, dini va irqidan qat’iy nazar O‘zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.

1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni1474430554_photo_2016-09-21_09-01-16

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Qoplab bo’larmikan bu qarzni alhol,
Uzib  bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Har yili O‘zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tibor saqlanib qolgan. “Domla”, “Muallim”, “Ustoz” kabi so‘zlar har bir shogird va o‘quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu so‘zlar jaranglaganda mehr-muhabbat, tarbiya, odob-axloq, bilim, hunar va insoniylik tuyg‘ularini o‘quvchilar ongi va qalbiga joylagan mehribon ustozlar yodga tushadi. Bu so‘zlar bilan ustozlarga minnatdorchilik va izzat bilan murojaat etiladi.

Maktab va o‘quv muassasalarning o‘quvchilari hayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o‘qituvchilarni minnatdorchilik ila gullar va sovg‘alar bilan xayot yo‘lida mashaqqatli mehnati uchun chin yurakdan tabriklashadi.

8-dekabr – Konstitutsiya kuni1468318533_slayd5

Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya! 
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya! 
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya! 
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya! 
Bizning konstitutsiya! 
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo. 
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya! 
Mustaqillik ne’matdir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayram butun O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanadi.
Ramazon Hayiti

Ushbu bayram musulmon (Hijriy) kalendarining 9-oyiga to‘g‘ri keladigan Ramazon oyi bilan bevosita bog‘liq. Ushbu oy nafaqat jismoniy, balki ruhiy, ma’naviy poklanish davri hisoblanadi. Bu oyda musulmonlar tong otishidan quyosh botguniga qadar yeyish, ichish va nafsni qondirishdan tiyiladilar. Bu oyda insonlar yomon o‘ylardan saqlanadilar, arazlashgan yarashadilar, kasallar holidan habar olish, muhtojlarga ko‘maklashish, imkon qadar yaxshilik qilish, yomonliklardan tiyilish tavsiya etiladi.

Bir oy Ramazon ro‘zasi tutilganidan so‘ng Hayit bayrami nishonlanadi. Ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat ayyomi bo‘lmish muborak Ramazon hayitining birinchi kuni O‘zbekistonda dam olish kuni hisoblanadi.

Qurbon Hayiti

Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bu bayramning negizi o‘z o‘g‘lini Alloh yo‘lida qurbon qilishga tayyor bo‘lgan Payg‘ambar Ibrohim (a.s.) bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqeaga taqaladi. Uning harakati Alloh tomonidan to‘xtatilib o‘rniga hayvon (qo‘y, mol, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Shundan buyon imkoni yetadigan musulmonlar shukronalik sifatida bir yilda bir marta, ushbu bayramda jonliq so‘yadilar. Uning go‘shtidan qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, muhtoj va yaqin olilalarga tarqatadilar, o‘zlari ham iste’mol qiladilar. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoshlar davrasida o‘tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. “Qurbon Hayiti”ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.