Home / MAXSUS SIRTQI BO’LIMIGA QABUL BO’YICHA

MAXSUS SIRTQI BO’LIMIGA QABUL BO’YICHA

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning 10-bandida quyidagilar keltirilgan:
Oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limning ta’lim yo’nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo’nalishiga muvofiq o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo’lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.
* * * * *
Abiturientlar tomonidan Komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Ta’lim yo’nalishi va o’quv tili ko’rsatilgan holdagi ariza
2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nushasi va ilovasi
3. 086U- shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma
4. Pasport nushasi
5. Mexnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma
6. Ta’lim muassasasi rahbarining oliy ma’lumotli mutaxassisga ehtiyoji mavjudligi to’g’risidagi xati
7. Tegishli vazirlik va idoraning tavsiyanomasi
Eslatib o’tamiz xujjatlarni qabul qilish 4-sentabrdan 16-sentabrgacha qabul qilinadi
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA
2017-2018 o’quv yilida maxsus sirtqi bo’limiga qabul rejasining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha
TAQSIMLANISHI