Home / UNIVERSITET NIZOMI

UNIVERSITET NIZOMI

[:en]

TERMIZ  DAVLAT  UNIVERSITETI 

                                    NIZOMI                                    

Termiz  davlat pedagogika  instituti 1935 yil 14 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga asosan O’rta Osiyo Davlat Universitetining pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan. O’zbekiston Rekpublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli qarori bilan kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida davlat universitetiga aylantirilgan hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga o’tkazilgan.

Termiz davlat universiteti (keyingi o’rinlarda TerDU) davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo’shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-pedagogik, ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.

Termiz davlat universiteti o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari va mazkur Nizomga amal qiladi.

Termiz davlat universiteti yuridik shaxs hisoblanadi. Boshqaruvida o’ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo’yicha o’z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o’z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.

Termiz davlat universiteti mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta bo’yicha hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

Termiz davlat universiteti Internet tizimida o’zining rasmiy www terdu.uz saytiga ega.

Termiz davlat universiteti joylashgan manzil: 190111, Termiz  shahri,  Fayzulla Xo’jayev ko’chasi 43-uy.

[:uz]

[:ru]

 [:]